Futbol bo‘yicha Saudiya Arabistoni chempionati 21-turidan o‘rin olgan “Ash-Shabob” – “Al-Qodisiya” uchrashuvi boshlanishidan avval “Ash-Shabob” klubi hamda Saudiya Arabistoni terma jamoasi darvozaboni Volid Abdullaning sochi maydonning o‘zida kesib tashlandi, deb xabar beradi The Independent.
Volid Abdullaning sochi uchrashuv bosh hakamining iltimosiga binoan kesib tashlandi. Uning soch turmagi biroz g‘alatiroq va Islom diniga xos bo‘lmagan deb topildi. “Ash-Shabob” klubi vakillari qaychilar yordamida posbonning sochini kesdi va unga maydonga tushish uchun ruxsat berildi.
Mazkur uchrashuv “Al-Qodisiya” jamoasining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi.
Izoh (0)