Kim Chen In Yaponiyadagi Koreya universiteti o‘qituvchilari va talabalarini o‘quv muassasasining 60 yilligi bilan tabrikladi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
U Yaponiyadagi Koreya universiteti ushbu mamlakatda yashovchi koreyalik fuqarolar ligasining vatanparvarlik an’analariga mos taraqqiy etishida muhim rol o‘ynashini ta’kidlab o‘tdi.
KXDR yetakchisining so‘zlariga qaraganda, universitet bitiruvchilari mukofot va rag‘batlantirishlarni ko‘zlamasdan, Yaponiyada koreyaliklar harakatining rivojlanishida asosiy rol o‘ynaydi. KXDR rahbariyati Yaponiyada koreys bolalarining ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash uchun Liga jamg‘armasiga yil sayin ko‘proq mablag‘ kiritmoqda.
Izoh (0)