“Manchester Yunayted” jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gal Gollandiya qirolligi futbol federatsiyasining mavsum yakunida mamlakat terma jamoasida yangi texnik direktor bo‘lish taklifini rad etdi, deb xabar beradi “Chempionat”.
Ayni damda gollandiyalik mutaxassisning diqqat-e’tibori klubdagi faoliyatiga qaratilgan.
Van Galning “Manchester Yunayted” bilan shartnomasi 2017-yilga qadar mo‘ljallangan. Avvalroq Lui van Gal joriy yilning yozida “Manchester Yunayted”ni tark etishi va uning o‘rnini “Chelsi” sobiq ustozi Joze Mourinyo egallashi haqida xabarlar tarqalgandi.
Kuni kecha golland matbuoti “Manchester Yunayted” rahbariyati yozgi transfer oynasi davomida yangi futbolchilar xarid qilishi uchun Lui van Galga 100 million yevro ajratishini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)