O‘zbekistonlik bokschi Yodgoroy Mirzayeva Xitoyning Sian An shahrida boks bo‘yicha Rio–2016 Olimpiada o‘yinlari yo‘llanmalari uchun Osiyo va Okeaniya mintaqalarining qo‘shma litsenzion turnirida kumush medalga sazovor bo‘ldi, deb xabar beradi “Sports.uz”.
Xotin-qizlar o‘rtasida -51 kilogramm vazn toifasidagi final bahsida 19 yoshli o‘zbekistonlik bokschi uch karra Jahon chempioni, xitoylik Ren Kankanga qarshi ringga ko‘tarilib, imkoniyatni boy berdi va O‘zbekiston terma jamoasiga hisobiga ikkinchi kumush medalni taqdim etdi.
Eslatib o‘tamiz, Yodgoroy Mirzayeva yarim final bahsida Xitoy Taypeyi vakili Lin Yu Tindan 2:1 hisobida ustun kelib, Rio—2016 Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma oldi hamda boks bo‘yicha Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan birinchi o‘zbekistonlik ayol sportchi sifatida qayd etildi.
Mavzuga oid:
Izoh (0)