Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasida bugun, 2-aprel kuni 3-tur bellashuvlari o‘z yakuniga yetadi. Kunning birinchi o‘yini Bekobod shahrida tashkil etilib, unda “Metallurg” G‘uzorning “Sho‘rtan” klubi ustidan zafar quchdi.
Shu tariqa, Bekobod klubi dastlabki uch turni 100 foizlik natija bilan yakunlab, xalqaro maydonda ishtirok etayotgan “Paxtakor”, “Bunyodkor” klublaridan ilgarilab ketdi. “Metallurg” to‘plar nisbatiga ko‘ra “Lokomotiv”dan keyin 2-o‘ringa joylashdi.
Navoiyning “Qizilqum” klubi ham 3-turda zafar quchib, ochkolari sonini 9 taga yetkazib oldi hamda 4-o‘ringa ko‘tarildi. “Qizilqum” o‘z maydonidagi har ikki g‘alabada iroda ko‘rsatdi. 1-turda ikkita gol farqini yo‘qqa chiqara olgan Navoiy klubi, “Olmaliq” jamoasiga qarshi o‘yinda ham o‘z darvozasidan birinchi gol o‘tkazib yuborganiga qaramay, yakunda g‘alaba qozona oldi.
Namanganda “Navbahor” va “So‘g‘diyona” klublari mavsumdagi dastlabki ochkolarni ishlab oldi. “Andijon” Oliy ligaga qaytganining uchinchi yilida ham mavsumni bir xilda — ketma-ket uchta mag‘lubiyat bilan boshladi.
3-turdan keyin “Lokomotiv”, “Nasaf”, “Metallurg” va “Qizilqum” 9 tadan ochko jamg‘argan. “Paxtakor” va “Bunyodkor”da 7 tadan ochko mavjud. “Sho‘rtan”, “Andijon” hamda “Olmaliq” klublari barcha o‘yinlarda imkoniyatni boy berdi.
Oliy liga 3-tur bellashuvlari 31-mart, payshanba
“Bunyodkor” (Toshkent) — “Mash’al” (Muborak) 0:0
1-aprel, juma“Lokomotiv” (Toshkent) — “Neftchi” (Farg‘ona) 4:0 (2:0)
Gollar: Temurxo‘ja Abduxoliqov, 9 (1:0). Marat Bikmayev, 30 (2:0). Marat Bikmayev, 49 (3:0). Kaxi Maxaradze, 75 (4:0).“Buxoro” (Buxoro) — “Paxtakor” (Toshkent) 0:0
“Nasaf” (Qarshi) — “Obod” (Toshkent) 1:0 (1:0)
Gol: Ilhom Shomurodov, 43 (1:0).2-aprel, shanba
Izoh (0)