Venesuelaning Truxilyo shtatida joylashgan La-Seyba shahri meri Marko Tulio Karilyo 31-mart, payshanba kuni kechqurun qarorgohining yaqinida otib o‘ldirilgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Shtat gubernatori Enri Ranxelning ma’lum qilishicha, Karilyoga yaxshi qurollangan kishilar guruhi hujum qilgan. Unga qarata sakkizta o‘q uzilgan, oqibatda mer shifoxonaga yetmasdan, yo‘lda halok bo‘lgan.
Kuzatuvchilarning ta’kidlashicha, Venesuelada jinoyatchilik darajasi barcha rekordlardan oshmoqda. Ushbu ko‘rsatkichlarning oshishiga oxirgi paytlarda mamlakatdagi og‘ir iqtisodiy vaziyat ham sabab bo‘lmoqda.
Izoh (0)