Amerikaning Forbes jurnali basketbolchi Maykl Jordanni faoliyatini yakunlagan eng boy sportchi deb topdi. Bu haqda Meduza xabar beradi.
Nashrning hisob-kitobiga ko‘ra, katta sportdan o‘n yil avval ketgan Jordan 2015-yilda 110 million dollar daromad qilgan.
Jordan daromadining asosiy manbasi Jordan brendi ostida mahsulot ishlab chiqaruvchi Nike kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomadir. 2015-yilda ushbu brend bilan chiqarilgan mahsulotlar sotuv hajmi 16 foizga oshgan. Jordanning boyligini Forbes 1,1 milliard dollarga baholadi.
Ro‘yxatning ikkinchi o‘rnidan futbolchi Devid Bekxem joy oldi. O‘tgan yil davomida sportchi 65 million dollar daromadni qo‘lga kiritgan.
Faoliyatini yakunlagandan keyin ham yuqori daromad qilayotgan faxriy sportchilar reytingida uchinchi o‘rinni golfchi Arnold Palmer egalladi. U 2015-yilda 40 million dollarni qo‘lga kiritgan. Sportchining brendi ostida Osiyo mamlakatlarida 500 ga yaqin erkaklar kiyimi do‘koni ishlamoqda.
Izoh (0)