“Barselona” jamoasi hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionati 31-turida, prinsipial raqib hisoblangan Madridning “Real” klubiga qarshi bahsda faoliyatidagi 500-golini kiritish istagi bor ekanligini bildirdi. Professional futbolchilik faoliyati davomida argentinalik hujumchi 499 ta gol kiritgan, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
“Faoliyatimdagi 500-golni ‘Real’ darvozasiga kiritsam yaxshi bo‘lardi. Lekin bo‘lajak o‘yinda g‘alaba qozonsak, undanda yaxshi”, – deydi argentinalik futbolchi.
“Barselona” va “Real” o‘rtasidagi uchrashuv 2-aprel, shanba kuni, Toshkent vaqti bilan 23:30 da boshlanishi ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, birinchi davrada “Barselona” klubi “Santyago Bernabeu” stadionida “Real”ni 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Izoh (0)