Braziliya sport vaziri Jorji Xilton Rio-de-Janeyroda Olimpiada o‘yinlari boshlanishiga besh oy qolganda mamlakatdagi siyosiy inqiroz vaziyatida iste’foga chiqdi. Bu haqda “Interfaks” xabar beradi.
“Respublika prezidenti Dilma Russeff sport vaziri Jorji Xiltonning o‘z xohishiga ko‘ra iste’foga chiqqanligini ma’lum qildi”, — deyiladi prezident ma’muriyati bayonotida.
Uning o‘rniga sport vazirining vazifalarini Olimpiada o‘yinlarini tashkil etishga boshchilik qilayotgan Rikardo Leyser bajaradi.
Yuzaga kelgan siyosiy inqiroz tufayli kuni kecha Braziliyadagi eng yirik partiya PMDB boshqaruv koalitsiyasini tark etish va o‘zining barcha a’zolarini hukumatdan olib chiqishga qaror qildi.
Izoh (0)