“Barselona” jamoasi hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionati 31-turida “Real”ga qarshi kechadigan o‘yinga tayyorgarlikni boshlab yubordi. Bu haqda argentinalik futbolchi Boliviyaga qarshi (2:0) kechgan JCh–2018 turniriga saralash bahsi 6-turidan so‘ng aytib o‘tdi, deb xabar beradi “Chempionat”.
“Sog‘lig‘imda muammolar bo‘lmadi. Endilikda Barselonaga qaytib, ‘Real’ga qarshi kechadigan ‘El-Klasiko’ haqida o‘ylash kerak. Bu biz uchun jiddiy imtihon bo‘ladi”, – deydi 28 yoshli futbolchi.
2-aprel, shanba kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdagi “El-Klasiko”ni Alexandro Xose Ernandes Ernandes boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:30 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, birinchi davrada “Barselona” jamoasi “Santyago Bernabeu” stadionida “Real”ni 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Izoh (0)