Braziliyalik sobiq futbolchi Juliano Belletti Braziliya terma jamoasi ustozi Dungani tanqid ostiga oldi, deb xabar beradi “Sports.ru”.
“Braziliya terma jamoasining o‘yin rejasi Neymarga qulay tarzda tuzib chiqilgan. Neymar maydonda istagan ishini qiladi, chunki bosh murabbiy uni nazorat qilishga qodir emas. Ba’zida u chap, ba’zida esa o‘ng qanotda o‘ynaydi. Bu Villian va Duglas Kostaga yoqmaydi, lekin Dunga chetda turib, indamay turadi. Bosh murabbiy Braziliyaning eng yaxshi futbolchisiga hech narsa deyishni istamaydi”, – deydi Belletti.
Qayd etish kerakki, Neymar ko‘payib ketgan sariq kartochkalar tufayli Paragvayga qarshi (2:0) JCh–2018 turniriga saralash bahsi 6-turini o‘tkazib yuborgan edi.
Izoh (0)