Farg‘ona shahar tibbiyot kollejida 15 yil davomida ishlab kelgan o‘qituvchi poraxo‘rlik uchun qo‘lga olindi. Bu haqda, “Postda” nashri ma’lumotiga tayanib, “1news.uz” xabar beradi.
Xabar berishlaricha, ismi oshkor etilmagan o‘qituvchi kollejga o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan qizlarning ota-onasidan 500 dollardan pora so‘ragan.
Ota-onalar qizlari imtihondan yiqilmasligi uchun o‘qituvchiga olti kishi uchun 3 ming dollar berishga rozi bo‘lgan.
“O‘qituvchi ko‘rsatilgan mablag‘ni olayotganda ushlangan va qilmishiga yarasha jazolangan”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)