2016-yilning 30-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston—Isroil siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar beradi.
Shu munosabat bilan Isroil davlati Tashqi ishlar vazirligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Jeremi Issaxarov rahbarligidagi delegatsiya Toshkent shahriga kelmoqda.
Izoh (0)