Moskvaning Tver tuman sudi 25-mart kuni “Makdonalds” tarmog‘idan restoranda yiqilish natijasida qo‘lini sindirib olgan Tigranui Martirosyan foydasiga 65 ming rubl undirish haqida qaror chiqardi. Bu haqda TJournal xabar beradi.
Undiriladigan mablag‘ning 50 ming rubli ma’naviy zararni, qolgan 15 ming rubli esa sud xarajatlarini qoplash uchun yo‘naltiriladi.
Hodisa 2015-yilning 29-may kuni sodir bo‘lgan edi. Yomg‘irning tugashini kutib turish uchun Martirosyan, uning dugonasi va bolalari muassasaga kirgan. Guvohning so‘zlariga qaraganda da’vogarning oyoq kiyimi quruq bo‘lgan, pol esa farrosh artgandan so‘ng ho‘l bo‘lgan. Oyog‘i toyib ketgan ayol yiqilib, qo‘lini sindirib olgan.
Restoran xodimlari yuz bergan hodisa uchun uzr so‘ramagan. Martirosyan shikastlanganligi va ma’naviy kechinmalari uchun “Moskva-Makdonalds” YoAJdan bir million rubl undirishni so‘rab sudga murojaat qilgan.
Izoh (0)