O‘zbekistonlik tennischi Sabina Sharipova Xitoyning Chuanchjou shahrida start olgan ITF turkumidagi, sovrin jamg‘armasi 50 ming dollarga teng ITF Women’s Circuit tennis turnirining ilk davrasidayoq mag‘lubiyatga uchradi.
Xalqaro tennis federatsiyasi rasmiy saytining ma’lum qilishicha, 21 yoshli o‘zbekistonlik tennischi yaponiyalik 25 yoshli Xiroko Kuvataga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 28 daqiqa davom etgan bellashuvda 6:2, 6:3 hisobi qayd etilib, yaponiyalik tennischining foydasiga hal bo‘ldi.
Taqqoslash uchun, Sabina Sharipova WTA reytingida 206, Xiroko Kuvata esa 197-o‘rinni egallab kelmoqda.
Musobaqaning ikkinchi davrasida yaponiyalik tennischi xitoylik Chiang Vangga qarshi bahs olib boradi.
Izoh (0)