So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12200.12
    • RUB 125.4
    • EUR 12949.21
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +16°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Sport

    Samvel Babayan: Futbolchi Farg‘onadanmi yoki Qashqadaryodan — farqi yo‘q, O‘zbekiston pasporti bo‘lsa, termada o‘ynash imkoniyati bor

    23.03.2016, 13:20 3301

    Futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Filippin terma jamoalari o‘rtasidagi 24-mart kuni bo‘lib o‘tadigan JCh—2018 va Osiyo Kubogi—2019 saralash uchrashuvi oldidan ikki terma jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. “Championat.asia” xabariga ko‘ra, anjumanning ikkinchi qismida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

    Foto: “Championat.asia”

    Foto: “Championat.asia”

    “Filippin termasiga hurmat bilan munosabatda bo‘lamiz. Ularda bosh murabbiy kuchli. Ertaga kuchli o‘yin ko‘rsatib, g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Bizga uch ochko juda kerak. Shu bois asosiy maqsad g‘alaba qozonish”, — dedi O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi.

    JCh—2018 saralashining Toshkentda o‘tgan avvalgi ikki turiga “Paxtakor” stadioni mezbonlik qilgandi, navbatdagi o‘yinlar esa “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi. “Avval ham ‘Bunyodkor’da o‘ynashni istagandik, biroq o‘shanda maydon holati qoniqarli emasdi. Hozir esa barchasi ideal”, — dedi milliy terma jamoa ustozi.

    Samvel Babayan “Lokomotiv” a’zosi Sardor Mirzayevga nima uchun javob berib yuborilgani haqidagi savolga javob berdi: “Mirzayev mavsumni juda yaxshi boshladi. Osiyo Chempionlar Ligasida ham, Oliy Ligada ham yaxshi o‘yinlar ko‘rsatdi. Shu boisdan ham terma jamoa yig‘iniga chaqirildi. U hali ham terma jamoaga nomzod futbolchi. Unga imkoniyat beramiz”.

    Yarim himoyachi Stanislav Andreyevning terma bilan birga bo‘lib turganini izohlashda Babayan “Lokomotiv” futbolchisi Jasur Hasanovni misol qilib keltirdi: “Jasur Hasanov ham OChLda o‘ynamadi, lekin uni ham chaqirdim. Aytmoqchimanki, terma jamoaga barcha kuchli futbolchilarni chaqiramiz. Bu menga yoki boshqaga qarashli jamoa emas, bu xalqimizning jamoasi”.

    Jurnalistlarning g‘alaba uchun mukofot puli berilishi borasidagi savoliga Samvel Babayan shunday javob berdi: “Bu jamoa siri. Mirabror Usmonov boshchiligidagi terma jamoaga e’tibor juda katta. Ishoning, har bir futbolchi pul uchun emas, Vatan uchun maydonga tushadi”.

    “Biz terma jamoaga futbolchi jalb qilishda geografiyaga qaramaymiz, u Farg‘onada o‘ynaydimi yoki Qashqadaryoda — farqi yo‘q. Kimda O‘zbekiston pasporti bo‘lsa, unda terma jamoaga chaqirilish imkoniyati bor”, — deb, Babayan Farg‘ona vodiysi klublaridan terma jamoaga futbolchilar jalb etilmayotgani borasidagi savolga javob berdi.

    Avvalroq Filippin milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Duli O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashgan edi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston — Filippin uchrashuvi 24-mart, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH tarixida birinchi marta: Vakillar palatasi a’zolari spiker Kevin Makkartini iste’foga yubordi

    Bugun, 09:15

    Toshkentda avtobus haydovchisi uch oydan beri oylik olmayotganiga munosabat bildirildi

    Bugun, 09:09

    O‘zbekiston aholisi har yili zilzila vaqtida qanday harakatlanish bo‘yicha o‘qitiladi

    Bugun, 08:38

    O‘zbekistonda yo‘llardagi kameralar xavfsizlik kamaridan foydalanmagan haydovchilarni qayd etadi

    Bugun, 08:25

    YCHL. “Real” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Napoli”dan ustun keldi, “Manchester Yunayted” va “Arsenal”da mag‘lubiyat, “Bavariya”da qiyin g‘alaba (video)

    Bugun, 02:24

    Toshkentda Qatar amiri taʼsis etgan korrupsiyaga qarshi kurashda erishilgan yutuqlar uchun global mukofotning topshirish marosimi o‘tkaziladi

    Kecha, 23:15

    Firibgarlikda ayblanayotgan Tramp, drenajdan chiqqan o‘lik delfinlar, bozordagi ulkan sakkizoyoq — 3-oktyabr suratlari

    Kecha, 23:10

    Nepalda kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Jarohatlanganlar bor (video)

    Kecha, 23:05

    Prezidentning xorijiy tashriflaridan asosiy maqsad nimalar ekani aytildi

    Kecha, 22:57

    OCHL. “Al-Fayha” “Paxtakor” ustidan ishonchli hisobda g‘alaba qozondi (video)

    Kecha, 22:55

    Tavsiya etamiz

    Firibgarlikda ayblanayotgan Tramp, drenajdan chiqqan o‘lik delfinlar, bozordagi ulkan sakkizoyoq — 3-oktyabr suratlari

    23:00 / 03.10.2023

    “Oyiga 80-100 mln so‘mlik dorilar sotilib, o‘zaro taqsimlab kelingan”. “Dok-1 Maks” sudida farmatsevtlarning yana bir kirdikori fosh bo‘ldi

    17:00 / 03.10.2023

    Farg‘onada tuman bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i YTHga uchrab, shifoxonaga yotqizildi

    13:00 / 03.10.2023

    Tug‘ilgan kunida yonib ketgan yigit, Quddusdagi Yig‘i devori, bir daqiqalik sukut saqlayotgan ukrainaliklar — 2-oktyabr suratlari

    22:00 / 02.10.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    Zapravkalarda metan va Ai-92 benzini narxi oshgani aytilmoqda

    20:00 / 01.10.2023

    Markaziy Osiyoga sarmoya kiritish ijobiy natija beradimi? 

    23:00 / 29.09.2023

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    “To‘y xarajatlari bir million dollarga tushdi”. Liil Xurramov Munisa Rizayevaning turmush o‘rtog‘i soxta emasligi haqida gapirdi

    10:00 / 03.10.2023

    Instagram: Dilshodbek Kattabekov uylandi, Munisa Rizayeva onasining tug‘ilgan kunini nishonlamoqda, ruscha gapirgani uchun tahqirlangan Lola 

    22:00 / 03.10.2023

    Qashqadaryolik xonanda Alijon Isoqov uch ming yillik tarixga ega shaxmatga qo‘shimcha kiritib, yangi o‘yinni shaxmat plus nomi bilan patentladi

    16:00 / 03.10.2023

    Rossiyada urushdan qaytgan “vagnerchi” uyga o‘t qo‘yib, ayollarni yoqib yubordi

    22:00 / 03.10.2023

    Zangiotada uy hojatxonasidan yosh bolaning jasadi topildi

    18:00 / 03.10.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.