Nikaraguaning Managua departamentida joylashgan pirotexnika fabrikasida 22-mart, seshanba kuni yuz bergan portlash natijasida ikki kishi halok bo‘ldi, uch kishi jabrlandi. Bu haqda mahalliy hukumat ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar beradi.
Barcha jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ular orasida kuchli kuyish jarohatlarini olgan fabrikaning egasi ham borligi ma’lum qilinmoqda. Hukumat qurbonlarning qarindoshlarini qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi.
Portlash va undan keyin yuzaga kelgan yong‘in fabrika binosini deyarli to‘liq yo‘q qilgan. Bir nechta o‘t o‘chiruvchilar jamoasi va qutqaruvchilar yordamida yong‘in bartaraf etilgan.
Hodisa sabablari hali aniqlanmagan. Politsiya sodir bo‘lgan hodisa vaziyatlarini aniqlashtirishga kirishdi.
Izoh (0)