Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Filippin terma jamoalari o‘rtasidagi 24-mart kuni bo‘lib o‘tadigan bellashuvni yaponiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. O‘FF rasmiy saytining ma’lum qilishicha, JCh—2018 va Osiyo Kubogi—2019 saralashi doirasidagi uchrashuv Sato Ryujiga ishonib topshirilgan.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

World Referee statistikasiga ko‘ra, Sato Ryuji O‘zbekiston jamoalari ishtirokidagi beshta bellashuvda ishlagan. E’tiborli tomoni, ularning uchtasida durang natija qayd etilgan.

Xususan, yoshlar o‘rtasidagi 2014-yilgi Osiyo chempionatida Sato Ryuji hakamlik qilgan O‘zbekiston — BAA uchrashuvida 2:2 hisobi qayd etilgan. OChL—2015 guruh bosqichi doirasidagi “Lokomotiv” (O‘zbekiston) — “Fulad” (Eron) bahsida ham Ryuji hakamlik qilgan, o‘yin 1:1 hisobi bilan yakuniga yetgan.

Yaponiyalik referining O‘zbekiston jamoalari ishtirokidagi yana bir uchrashuvi 2015-yilning 27-mart sanasiga to‘g‘ri keladi. O‘shanda O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarixda birinchi bor Janubiy Koreya bilan safarda durangga erishgandi. Tejonda o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida 1:1 hisobi qayd etilgan.

2016-yil hisobidan Sato klublarimiz ishtirokidagi yana ikkita o‘yinda ishladi. 24-fevral kuni “Nasaf” Saudiya Arabistonida “Al-Ahli”dan 1:2 hisobida yengilgan bo‘lsa, 15-mart kuni “Lokomotiv” Eronda “Fulad Sepahon” ustidan zafar quchdi — 2:0.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Filippin milliy terma jamoalari o‘rtasidagi saralash uchrashuvi 24-mart kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi