Niderlandiya hukumati Bryusseldagi teraktlardan so‘ng favqulodda majlis o‘tkazmoqda, deb yozadi “RIA Novosti” mamlakat tashqi ishlar vazirligiga tayanib.
“Ayni paytda Niderlandiyada favqulodda majlis olib borilmoqda”, — dedi muassasa matbuot kotibi. U vazirlik Bryusselga safarlarga bog‘liq ogohlantirishlar e’lon qilishi mumkinligini qo‘shib qo‘ydi.
22-mart, seshanba kuni mahalliy vaqt bilan 8:00 atrofida Bryusselning “Zaventem” aeroportida ikki portlash yuz berdi, oradan biroz vaqt o‘tib, Bryussel metrosida ham portlash yuz bergani haqida xabar berildi. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, qurbonlar soni 21 kishiga yetdi.