Belgiya inqiroz markazi Bryusseldagi portlashlardan so‘ng shahar aholisini “Turgan joyingizda qoling”, — deya ogohlantirdi. Bu haqda Reuters’ga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
Avvalroq bosh qarorgohi Bryusselda bo‘lgan Yevrokomissiya o‘z xodimlariga ofislarni tark etmaslik yoki o‘z uylaridan chiqmaslikni buyurgan edi.
Bryussel jamoat transporti operatori o‘z Twitter’ida shahardagi metro, tramvay va avtobuslarning barchasi o‘z ishini to‘xtatganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, dastlab Bryussel aeroportida terakt sodir etilgani xabar qilindi, keyinroq shahar metropolitenining “Shuman maydoni” va “Malbek” bekatlarida portlashlar sodir etilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Izoh (0)