Kaliforniya sudi AQSh adliya vazirligi talabiga ko‘ra Federal qidiruv byurosining Apple kompaniyasiga qarshi ishini ko‘rib chiqishni qoldirdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Vazirlikning bildirishicha, FQB terrorchi Said Faruqqa tegishli iPhone qurilmasini “uchinchi tomon” yordamida ochishga harakat qilib ko‘radi, shu bois smartfon ishlab chiqargan kompaniya ko‘magi kerak bo‘lmasligi mumkin. Ayni paytda, mazkur yangi usul hali sinovdan o‘tishi lozimligi ta’kidlangan.
Shu tariqa, Kaliforniya sudining 22-martga belgilangan majlisi bekor qilindi. 5-aprelga qadar hukumat iPhone qurilmasini buzib, undagi ma’lumotlarni olishga urinish natijalari haqida ma’lum qilishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, 16-fevral kuni AQSh sudi Apple korporatsiyasi Federal qidiruv byurosi xodimlariga “San-Bernardino mergani”ning telefonini buzib, undagi ma’lumotlarni olishda yordam berishi lozimligi haqida qaror qabul qildi. Korporatsiya rahbari Tim Kuk bunga javoban sud qaroriga rasmiy e’tiroz bildirilishini ta’kidlagan.
Izoh (0)