Birlashgan Arab Amirliklarining FlyDubai kompaniyasiga qarashli, 19-mart kuni Rossiyaning Rostov-Don shahri aeroportiga qo‘nish chog‘ida halokatga uchragan Boeing samolyoti qaytish reysida 140 kishini Dubayga olib ketishi lozim edi. Bu haqda Rossiya turistik industriya ittifoqi rasmiy vakili Irina Tyurinaning so‘zlariga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Qaytish reysi bilan Rostov-Dondan Dubayga 140 kishi uchishi lozim edi. Yo‘lovchilar orasida bolalar ham bor edi. Bugun Rostov maktablarida bahorgi ta’til boshlandi. Taxminan, barcha BAAga dam olish uchun uchishga hozirlik ko‘rayotgan edi. Hozir potensial yo‘lovchilar Krasnodarga yetkazilmoqda, u yerdan zaxira borti Dubayga uchishi kutilmoqda”, — dedi Tyurina.
“Natali Turs” turistik operatori direktori Vladimir Vorobyovning ma’lum qilishicha, halokatga uchragan samolyot yo‘lovchilari orasida operatorning 30 mijozi bo‘lib, ulardan ikki nafari bolalar edi. O‘z navbatida, aeroportda kompaniyaning yana 52 nafar mijozi samolyotni kutayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, halokat tufayli 20-mart Rostovda motam kuni deb e’lon qilindi.
Izoh (0)