Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

FlyDubai aviakompaniyasining Dubay—Rostov-Don reysi bo‘yicha uchishi lozim bo‘lgan sayyohlardan biri tug‘ilgan kunini nishonlagani sababli samolyotdan kech qolgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Natali Turs” kompaniyasi mutasaddilaridan biri ma’lum qilgan, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

“Mijozlarimizdan biri — 1982-yilda tug‘ilgan Elvira Isayeva dugonasi bilan tug‘ilgan kunini nishonlab, mehmonxonaga kech kelgan va aeroportga ulgurmagan. Ayni paytda u Dubayda bo‘lib turibdi, bizning hisobimizdan mehmonxonada istiqomat qilishi to‘rt kunga uzaytirilgan. Bir necha kundan so‘ng Elvira Rossiyaga qaytishi mumkin”, — deya ta’kidlagan mutasaddi.

Eslatib o‘tamiz, 19-mart, shanba kuni FlyDubai aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-800 layneri Rossiyaning Rostov-Don shahri aeroportiga qo‘nish vaqtida halokatga uchradi. Hodisa oqibatida samolyot bortida bo‘lgan barcha yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari halok bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Daryo” reportaji: Namangandan topilgan zardushtiylar ibodatxonasining dunyoda tengi yo‘qligi aytilmoqda. Bu yerdagi 70 ta otashkadada tun-kun olov yonib turgan (v...
Madaniyat
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Mokkoji Korea festivali va K-pop konserti — suratlarda