Pekinda sariq bezgakka chalinish bilan bog‘liq ikki holat aniqlandi. Bu haqda shahar sog‘liqni saqlash qo‘mitasi hisobotida ma’lum qilingan, deya xabar beradi “TASS”.
“Futsin shahrining 44 yoshli fuqarosi Angolada 9-mart kuniyoq o‘zini noxush his etgan. Oradan bir hafta o‘tib Pekinga kelgach tibbiy yordam so‘rab murojaat etgan. Poytaxtga 17-mart kuni Angoladan uchib kelgan Guanyuan shahrilik erkakda ham shunday holat kuzatilgan. Ularning ikkovida sarik bezgagi aniqlandi, hozirda intensiv davolash kursini o‘tashmoqda”, — deyiladi mazkur hujjatda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Angolada o‘tgan yil dekabridan beri sariq bezgak tarqalishi tufayli nobud bo‘lganlar soni salkam 160 kishiga yetgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)