Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

FlyDubai aviakompaniyasi FZ981 Dubay — Rostov-Don reysini amalga oshirgan va Rostovdagi aeroportga qulagan Boeing 737-800 aviahalokati qurbonlarining yaqinlariga hamdardlik bildiradi. Bu haqda kompaniya ijrochi direktori Geyt al-Geyt ma’lum qildi, deya xabar beradi “Vedomosti”.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

“FlyDubai aviakompaniyasining barcha xodimlari nomidan Rostov-Dondagi fojia munosabati bilan chuqur iztirobda ekanligimizni bildirmoqchiman. Biz halokat oqibatida hayotdan ko‘z yumganlarning oilalari bilan yakdilmiz”, — deya ta’kidlagan Geyt al-Geyt.

Uning aytishicha, hozirda aviakompaniyaning asosiy e’tibori falokat tafsilotlarini aniqlash, tegishli idoralarga bu borada ko‘mak berish va halokat bilan bog‘liq ma’lumotlarni to‘plashga qaratilgan.

“Samolyot bortida 55 yo‘lovchi, jumladan, 33 nafar ayol, 18 nafar erkak va 4 nafar bola, shuningdek, ekipajning 7 a’zosi — 5 nafar erkak va 2 nafar ayol bo‘lgan. Qurbonlar orasida Rossiyaning 44, Ukrainaning 8, Hindistonning 2 va O‘zbekistonning 1 nafar fuqarosi qayd etilgan”, — deya izoh bergan Geyt al-Geyt.

Eslatib o‘tamiz, 19-mart, shanba kuni FlyDubai aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-800 layneri Rossiyaning Rostov-Don shahri aeroportiga qo‘nish vaqtida halokatga uchradi. Hodisa oqibatida samolyot bortida bo‘lgan barcha yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari halok bo‘lgan. Samolyot bortidagi yo‘lovchilardan biri o‘zbekistonlik bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Ularni kim deb atash mumkin?” Sardor Umrzoqov maishatboz rahbarlarni tanqid qildi
Mahalliy
G‘aniyev va Voitov klasterlarga past narxda paxta sotishni xohlamagan fermerlarga bosim o‘tkazilayotganini o‘rganadi
Mahalliy
“Ba’zi hokimlar, vazirlik rahbarlari o‘zlarini go‘yo xonlardek tutib, to‘rachilik kayfiyatiga berilib ketgan” — Sardor Umrzoqov