Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Braziliya parlamenti 17-mart, payshanba kuni prezident Dilma Russeffga nisbatan impichment masalasini ko‘rib chiquvchi maxsus komissiyani tuzdi, sud esa o‘sha kunning o‘zida Russeffning sobiq davlat rahbari Lulu da Silvani prezident ma’muriyati rahbari etib tayinlash haqidagi qaroriga taqiq qo‘ydi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Parlament komissiyasi, jumladan, Russeffga taalluqli budjet taqchilligining real hajmini yashirish bilan bog‘liq ayblovni ko‘rib chiqadi, shundan so‘ng impichment jarayoni rasman ishga tushirilishi mumkin. Parlamentning o‘nlab deputatlari prezidentni iste’fo berishga chaqirdi, impichment bo‘yicha maxsus komissiya tuzish haqidagi qaror esa deyarli bir ovozdan qabul qilindi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Dilma Russeffning o‘zi siyosiy raqiblari talabiga qaramay iste’foga chiqmasligini ma’lum qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Foto: Toshkentda Xalqaro axborotdan erkin foydalanish kuniga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda
Mahalliy
Qashqadaryoda 38 yoshli ayol va 19 yoshli qiz o‘zini poyezd tagiga tashlab, joniga qasd qildi. MFY raislaridan biri bu axborotni yashirib, “mahallaning siri” demoq...
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev transport sohasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazmoqda