O‘zbekistonlik tennischi Denis Istomin AQShning Irving shahrida davom etayotgan, sovrin jamg‘armasi 125 ming AQSh dollarini tashkil qiluvchi “Chellenjer” turkumidagi Irving Tennis Classic tennis turnirining juftliklar bahsida o‘z ishtirokini yakunladi.
Musobaqaning Twitter’dagi rasmiy sahifasida ma’lum qilinishicha, juftliklar bahsi birinchi davrasida rossiyalik Dmitriy Tursunov bilan tandem hosil qilgan Istomin, Yangi zelandiyalik Maykl Vinus va avstraliyalik Jon-Patrik Smitga qarshi kortga chiqdi. Murosasiz kechgan bahsda 7:6, 4:9, 10:8 hisobida Vinus/Smit juftligi g‘alaba qozondi.
Eslatib o‘tamiz, yakkalik bahslarida ishtirok etayotgan 29 yoshli o‘zbekistonlik tennischi birinchi davrada avstraliyalik Jon-Patrik Smitni 6:2, 7:5 mag‘lubiyatga uchratgan edi. Ikkinchi davrada Denis Istomin mazkur turnirning uchinchi raketkasi, chexiyalik Lukash Rosolga qarshi bahs olib boradi.
Izoh (0)