Fransiya elchixonasi tomonidan CNSMDP va O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi hamkorligi doirasida taklif qilingan Olivye Latri 1—2-aprel kunlari Toshkentda konsert beradi. Bu haqda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati xabar beradi.
Parij Musiqa va raqs milliy konservatoriyasida (CNSMDP) organ bo‘yicha dars beradigan Olivye Latri bir paytning o‘zida Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasining titulli organchisi hisoblanadi. Ko‘plab xalqaro mukofotlar sovrindori bo‘lmish Latri hozirgacha dunyoning 50 dan ortiq mamlakatida yakkaxon va orkestr jo‘rligida konsertlar bergan.
1-aprel kuni soat 18:30 da bo‘ladigan konsertga taklifnomalar elchixona tomonidan tarqatiladi, 2-aprel kungi konsert esa O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi tomonidan tashkil etiladi.
Konsertlar dasturi bir-biridan farqlanib, unda Sharl Turnemir, Sezar Frank, Olivye Messiaen, Moris Durufle, Luis Viyern, Tyerri Eskesh kabi bastakorlarning asarlari, shuningdek, Olivye Latri improvizatsiyalari ijro etiladi.
Izoh (0)