Qozog‘istonning Pavlodar shahrida BMW’ning oltinchi seriyasi asosida yaratilgan Bugatti Veyron superkari sotilmoqda. Bu haqda Tengrinews xabar beradi.
Avtomobil uchun 35 million tenge so‘rashmoqda.
Nashrning ta’kidlashicha, Veyron’ga asos bo‘lib Germaniyadan yangi holda keltirilgan 2007-yilning BMW 6-Series xizmat qilgan. Bavariya avtomobilini faqat ichki interyeridan tanish mumkin, chunki u deyarli o‘zgartirilmagan.
Mashinaning ichki qismidagi 4,8 litrli V8 motor BMW’ga tegishli, uning kuzovi metalldan ishlangan.
Ta’kidlanishicha, ushbu replika superkarning originalini eslatib, afsonaviy Veyron emasligini bir ko‘rishdan payqash mumkin.
Izoh (0)