Rossiyada, Ingushetiya va Checheniston chegarasida avtobusiga hujum uyushtirilgan jurnalistlar va huquq himoyachilarining 1 ming yevro va 250 dollar puli bezorilar tarafidan o‘g‘irlab ketilgan. Bu haqda huquq-tartibot organlaridagi manbalariga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Shuningdek, hujum uyushtirgan noma’lum shaxslar jabrdiydalarga tegishli ikkita telefonni olib ketgan.
Rossiya Ichki ishlar vazirligining Ingushetiya Respublikasi bo‘yicha Tergov boshqarmasi ushbu holat bo‘yicha yangi jinoiy ish qo‘zg‘atdi.
Izoh (0)