1–6-mart kunlari Kiprning Protaras shahrida o‘tkazilgan matematika bo‘yicha SEEMOUS o‘ninchi xalqaro olimpiadasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasi ikkita oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Kipr ta’lim va madaniyat vazirligi, matematika jamiyati hamda Janubi-Sharqiy Yevropa matematika jamiyati tomonidan tashkil etilgan intellektual bellashuvda yigirmadan ortiq mamlakatdan 43 universitet jamoasining 150 dan ziyod iqtidorli talabalari ishtirok etdi.
Tanlovda O‘zbekiston Milliy universitetining mexanika-matematika fakulteti 2-kurs talabalari Hakimboy Egamberganov va Shohrux Ibrohimov bittadan oltin medal, Mirmuhsin Mahmudov maxsus diplom bilan taqdirlandi.
Izoh (0)