O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi o‘z organlarida shu yilning 10-mart—10-aprel kunlari korrupsiyaga qarshi monitoring doirasida kuzatuvlar o‘tkazmoqda. Qo‘mita ushbu kuzatuvlarda ishtirok etishga taklif qilmoqda.
Monitoring o‘tkazishdan maqsad tizimdagi korrupsiya holatlarining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash va uning natijalari bo‘yicha korrupsiya darajasini pasaytirish usullarini izlashdir.
Mazkur so‘rovnoma savollariga berilgan javoblar yordamida aniq va to‘liq ma‘lumot olinadi va u tahlil qilinib, xulosa chiqariladi.
So‘rovnomaning anonim hisoblanishi, respondentning shaxsiga oid ma’lumotlar hech qayerda ko‘rsatilmasligi va savollarga berilgan javoblar faqat umumlashtirilgan holda ishlatilishi, shuningdek, javoblar respondentga yoki boshqa shaxsga qarshi ishlatilishiga aslo yo‘l qo‘yilmasligi kafolatlanadi.
Izoh (0)