Toshkentlik tyunerlar mahalliy Nexia sedanini Mercedes-Benz saloni bilan uyg‘unlashtirishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar beradi “Kolyosa” nashri.
Shahardagi tyuning-atelyelardan biri sedanga Mercedes-Benz avtomobilining ko‘plab detallarini ko‘chirib chiqdi: torpedo va old o‘rindiqlar SLK rodsteridan, rul esa CLS 63 AMG’dan olindi.
Ayrim qismlar, xususan, dinamiklar uchun podium, buyurtma asosida yasaldi. Shuningdek, standart Nexia’dan farqli ravishda, salon orqasida divan emas, alohida o‘rindiqlar joylashtirildi. Lekin, maqolada ta’kidlanishicha, ularda haqiqiy Mercedes’larda bo‘lganiday qulay o‘rnashish mushkul.
Bunday tyuningni amalga oshirish uchun necha pul sarflanganligi noma’lum.
Izoh (0)