Badiiy gimnastika bo‘yicha Olimpiada va ko‘p karra jahon chempioni Alina Kabayeva “Sport-Ekspress” nashrining direktorlar kengashi raisiga aylanadi. Bu haqda “R-Sport” nashriga tayanib, “Chempionat” xabar bermoqda.
“Natsionalnaya Media Gruppa” yopiq aksiyadorlik jamiyati (YoAJ) “Sport-Ekspress” nashrining 25% aksiyasini xarid qilganini ma’lum qildi. Kelishuvning moliyaviy shartlari hozircha e’lon qilinmagan. “Sport-Ekspress” nashrining mediaxolding tarkibiga qo‘shilishi qo‘shimcha resurslarni jalb qilish va sport matbuotida o‘z o‘rnini mustahkamlashga imkoniyat yaratadi.
Qayd etish joiz, Alina Kabayeva 2014-yildan buyon “Natsionalnaya Media Gruppa” YoAJning raisi bo‘lib faoliyat olib bormoqda.
Izoh (0)