Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “Televizion texnologiyalar” fakulteti “Telestudiya tizimlari va ilovalari” kafedrasi tomonidan talabalar uchun “Baron” badiiy filmi ijodkorlaridan mahorat darsi tashkil etildi, deb xabar beradi “InfoCom.uz”.
Unda filmning postanovkachi rejissori Rustam Sa’diyev, taniqli aktyor Javohir Zokirov, Toshkent bodibilding federatsiyasi prezidenti, aktyor Habibullo Nizomov va boshqalar ishtirok etdi.
“Televizion texnologiyalar” (“Audiovizual texnologiyalar”, “Telestudiya tizimlari va ilovalari”), “Kinoteleoperatorlik”, “Audio-videotexnologiyalar” hamda “Kompyuter grafikasi va dizayn” yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan talabalar uchrashuvda ishtirok etib, film ijodkorlaridan qimmatli tavsiya va maslahatlar oldi.
Izoh (0)