AQSh sobiq prezidenti Ronald Reyganning bevasi Nensi Reygan 94 yoshida vafot etdi. Bu haqda TMZ ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar beradi.
Ushbu ma’lumot uning oilasi vakillari tomonidan tasdiqlangan.Sobiq prezident bevasining sog‘lig‘i oxirgi yillarda jiddiy yomonlashganligi ta’kidlanmoqda.
Professional aktrisa Nensi 1952-yilda Ronald Reyganga turmushga chiqqan edi. O‘shanda bo‘lajak prezident ham aktyorlik faoliyati bilan shug‘ullangan.
Nensi Reygan 1981—1989-yillarda AQShning birinchi xonimi bo‘lgan.
Izoh (0)