6-mart, yakshanba kuni elektron uskunalardagi nosozlik tufayli Goa—Moskva reysini amalga oshirayotgan Boeing 757/200 Astraxan aeroportida favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligining Astraxan bosh boshqarmasi matbuot kotibi Dmitriy Dubrovskiyning ma’lumotiga asoslanib, “Interfaks” xabar berdi.
Layner “Royal Flayt” aviatashuvchisiga tegishli ekanligi aytilmoqda. Uning bortida 224 yo‘lovchi bo‘lgan.
Izoh (0)