Braziliya prezidenti Dilma Russeff korrupsiya bilan bog‘liq ish yuzasidan 4-mart, juma kuni so‘roq qilingan sobiq prezident Luis Inasiu Lula da Silva bilan uchrashdi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Lula da Silva mamlakatning eng yirik neft kompaniyasi — Petrobras’da fosh qilingan yirik korrupsion jinoyatlarga aloqadorlikda gumon qilinmoqda. Politsiya 4-mart kuni uning uyida tintuv o‘tkazdi.
Yuzlab odamlar da Silvani qo‘llab-quvvatlash maqsadida uning uyi yaqinida to‘plandi. Uy balkonidan Dilma Russeff chiqib, odamlar bilan salomlashdi.
Da Silvadan tashqari, mamlakatning bir qator yirik siyosatchilari va eng boy odamlari tergov ostida. Sobiq prezident 30 million real (8 million dollar) miqdorida pora olganlikda gumonlanmoqda.
Muqaddam, 2015-yil oxirida ham da Silva so‘roq qilingan edi.
Izoh (0)