“Barselona” klubi va Urugvay terma jamoasi hujumchisi Luis Suares futbol bo‘yicha JCh–2014 turnirida Italiya termasi himoyachisi Jorjo Kyellinini tishlagani uchun olgan diskvalifikatsiyasi o‘z nihoyasiga yetdi, deya xabar qilmoqda “Chempionat”.
Luis Braziliyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatining Italiya termasiga qarshi bahsida Jorjo Kellinining yelkasini tishlagani uchun FIFA tomonidan terma jamoalar miqyosidagi 9 ta rasmiy o‘yindan diskvalifikatsiya qilingandi.
“Barselona” hujumchisi Urugvay terma jamoasining Braziliya va Peruga qarshi kechadigan uchrashuvlariga chaqirildi.
Ma’lumot uchun, JCh–2018 turniriga saralashning 5-turi doirasidan o‘rin olgan Braziliya – Urugvay bahsi 25-mart kuni, Resifidagi Pernambuco stadionida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)