Belarusning Vitebsk shahrida militsiya xodimi Sergey Batalko yosh bolani tanasi bilan to‘sib, uni mashina urib ketishidan asrab qoldi, deb xabar beradi TJournal.
“Birinchi va ikkinchi harakatlanish bo‘lagidagi avtomobillar to‘xtadi, tramvay yo‘lidan esa Peugeot miniveni harakatlanib kelayotgan edi. Haydovchi bolani ko‘rmay qoldi. Men esa bolani ushlab qolib, uni o‘z tanam bilan saqlab qoldim”, — dedi Batalko.
Mamlakat IIVning YouTube’dagi kanalida joylashtirilgan videoregistrator qaydida ko‘rinishicha, militsiya xodimi bolani ryukzakidan tortib, mashina zarbasini o‘zi qabul qilgan. Bolaga ziyon yetmagan, Batalkoning esa boldiri jarohatlangan.
Izoh (0)