4-martga o‘tar kechasi “Barselona” jamoasi Ispaniya chempionati 27-turida “Rayo Valyekano”ni 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, barcha musobaqalardagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 35 uchrashuvga yetkazdi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
Ushbu g‘alabadan so‘ng “Barselona” 1988/89-yilgi mavsumda “Real” tomonidan qayd etilgan, 34 uchrashuvdan iborat mag‘lubiyatsiz seriyani yangiladi. Kataloniyaliklar so‘nggi 35 o‘yindan 29 tasida g‘alaba qozonib, 6 tasida durang o‘ynagan hamda raqiblar darvozasiga 107 ta gol urgan va o‘z darvozasidan 20 ta gol o‘tkazib yuborgan.
Qayd etish joiz, so‘nggi bor Luis Enrike jamoasi 2015-yilning 3-oktabr kuni “Sevilya”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
Izoh (0)