Madridning “Real” jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan “Levante”ga qarshi Ispaniya chempionati 27-turi oldidan klubdagi vaziyat haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
“‘Real’ bosh murabbiyi etib tayinlanganimda hammasi yaxshi edi. Biz mag‘lubiyatga uchradik va endi qora kunlar boshlandi. Hozir faqat jamoa bilan ishlash haqida o‘ylayapman. Ko‘p narsalarni yaxshi tomonga o‘zgartira olishimizga ishonaman. Uch oydan so‘ng nima bo‘lishini bilmayman. Oldimizda turgan o‘yinlarga e’tibor qaratamiz. Hozirgi kunda eng asosiy vazifa birdamlikni saqlab, ‘Levante’ga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish”, — deydi fransiyalik mutaxassis.
“Futbolchilardan 100 foiz kuchini berib harakat qilishini talab qilaman. Jamoada hamma eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatishi kerak. Faqatgina tanqidga uchrayotgan Xames va Iskodan buni talab qilish noto‘g‘ri”, — deb qo‘shimcha qildi Zinedin Zidan.
Ma’lumot o‘rnida, “Real” ayni damda 54 ochko bilan Ispaniya chempionatining turnir jadvalida 3-o‘rinni band qilib turibdi.
Izoh (0)