Rossiyaning Penza viloyatida Mercedes mikroavtobusining yuk mashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, “RIA Novosti” agentligiga tayanib, “Gazeta.ru” yozmoqda.
Yo‘l-transport hodisasi viloyatning Bessonovskiy tumanidagi M5 “Ural” federal trassasida yuz bergan.
Viloyat shoshilinch xizmatlaridagi manba bergan ma’lumotga ko‘ra, YTH oqibatida 12 kishi jarohat olgan.
Izoh (0)