Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Pokiston o‘z qo‘lidagi yadroviy qurol zaxirasini kamaytirish masalasini ko‘rib chiqishga tayyor, ammo buning uchun Hindiston ham shu yo‘lni tutishi talab etiladi. Bu haqda mamlakat bosh vazirining tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi Sartoj Aziz bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.

Foto: Yahoo News

Foto: Yahoo News

1-mart, seshanba kuni u, agarda Hindiston yadroviy qurolni kamaytirish yo‘lidan borsa, Pokiston ham buning ustida o‘ylab ko‘rishini aytdi.

“Agarda Hindiston bunday qilmasa, Pokiston o‘z yadroviy snaryadlari sonini qanday qilib qisqartirishi mumkin?” — deb savol berdi siyosatchi.

Azizning ta’kidlashicha, Pokiston xafsizligiga tahdid soluvchi birinchi omil Hindiston bo‘lsa, ikkinchisi terrorchilikdir.

“Xavfsizlik borasidagi xavotirimiz Hindiston bilan strategik sohada va oddiy qurolli kuchlar bo‘yicha tenglikning yo‘qligidandir. Notenglik Pokiston foydasiga oshmayapti”, — deb tan oldi hukumat vakili.

“Bizning yadroviy dasturimiz tutib turish omilidir, — so‘zida davom etdi Aziz. — Bizga nisbatan Hindiston yadroviy arsenalini tezroq o‘stirib bormoqda. Tutib turish konsepsiyasi esa tabiatiga ko‘ra harakatchandir. U samarador bo‘lishi lozim. Bu konsepsiyaning diqqat markazida Hindiston turadi”.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qarshida Cobalt haydovchisi 13 yoshli qizni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi (video)
Mahalliy
Nogiron fuqaroning bo‘yniga zanjir bog‘langani aks etgan video yuzasidan izoh berildi
Mahalliy
O‘zbekistonning katta qismida hafta oxiriga borib anomal sovuq bo‘lishi kutilmoqda