AQSh energetik kompaniyalari 2016-yil boshidan beri umumiy qiymati 9,2 milliard dollarga teng bo‘lgan aksiyalarni sotuvga chiqardi. Bu haqda, Bloomberg agentligi ma’lumotlariga tayanib, “Interfaks” yozmoqda.
Bu 1999-yildan buyon yilning shu davrida kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Bir muddat ilgari ko‘pgina ekspertlar, neft narxi pasayishini inobatga olib, kapital bozorlari neft sektori kompaniyalari uchun yopiq bo‘ladi, degan fikr bildirgan edi. Ammo slanetsli aktivlarga ega bir qator kompaniyalar yanvar oyining boshida aksiyalar joylashtirib, bozorni muvaffaqiyat bilan sinovdan o‘tkazdi.
5-yanvar kuni Pioneer Natural Resources 1,6 milliard dollarlik aksiyalarni sotuvga chiqargan bo‘lsa, bir hafta o‘tib, Diamondback Energy umumiy qiymati 250 million dollar bo‘lgan aksiyalar sotilishini e’lon qildi.
Hess va Devon Energy singari yirik komaniyalar investorlarga 1 milliard dollardan ortiq narxlanuvchi aksiyalarni taklif qildi. QEP Resources va Synergy Resources kabi kichikroq kompaniyalar ham o‘z qimmatbaho qog‘ozlarini bozorga muvaffaqiyatli chiqardi.
Izoh (0)