Avstraliyalik bokschi Lukas Braun superog‘ir vazn toifasida WBA talqini bo‘yicha Jahon chempioni Ruslan Chagayevni nokautga uchratishini aytib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Korrespondent.net”.
“Tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini o‘tayapman. Tarixni yaratish uchun bo‘lajak jangni intizorlik bilan kutyapman. Avstraliyadan superog‘ir vazn toifasida chempion chiqmagani menga tinchlik bermayapti. Bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bera olmayman. Hozirda faoliyatimdagi eng yaxshi sport formasidaman va Chagayevni nokautga uchratishga tayyorman. U uzoq yillar davomida chempion bo‘lib keldi, ammo endi mening navbatim”, — deb Lukas Braunning so‘zlaridan iqtibos keltiradi BoxingScene.
Eslatib o‘tamiz, Ruslan Chagayev va Lukas Braun o‘rtasidagi jang 5-mart kuni Grozniy shahrida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)