Restoran biznesi akademiyasi Navro‘z bayrami munosabati bilan O‘zbekistonda yetishtirilgan oziq-ovqat mahsulotlaridan mamlakatning jahondagi eng katta xaritasi tayyorlanishini e’lon qildi. Akademiyaning Facebook’dagi sahifasida aytilishicha, bunga bag‘ishlangan tadbir 6-mart kuni Toshkentdagi “Samarqand Darvoza” savdo markazida bo‘lib o‘tadi.
Ta’kidlanishicha, fud-art janridagi san’at asari faqat O‘zbekiston hududida tayyorlangan mahsulotlardan yaratiladi. Rekordni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tegishli tashkilotlarga murojaatnomalar yo‘llangan.Xarita Restoran biznesi akademiyasining tashkiliy ko‘magi va ishtirokida taniqli oshpaz Bahriddin Chustiy hamda Shirapaz qandolat uyi qandolatchisi Zabihullo tomonidan tayyorlanadi.
Izoh (0)