Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Markaziy banki 2016-yil 1-martdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.

Foto: UzDaily

Foto: UzDaily

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 2856 so‘m 64 tiyin etib belgilandi. Bu 23-fevraldagi kursga nisbatan 4 so‘m 99 tiyinga ko‘p.

1-martdan e’tiboran 1 yevro qiymati 3211 so‘m 42 tiyin (23-fevraldagi kursga nisbatan 1 so‘m 67 tiyin qimmat), 1 Xitoy yuani 436 so‘m 27 tiyin (23-fevraldagi kursga nisbatan 1 so‘m 17 tiyin arzon), 1 Rossiya rubli esa 38 so‘m 4 tiyin (23-fevraldagi kursga nisbatan 1 so‘m 7 tiyin qimmat) etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga zirhli texnika jo‘natishi haqida xabarlar tarqaldi (video)
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)