Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yaponiyadagi Nishiyama Onsen Keiunkan dunyodagi eng ko‘hna mehmonxona deb topildi. Bu haqda OneTwoTrip sayyohlik servisi ma’lum qildi.

Nishiyama Onsen Keiunkan.

Nishiyama Onsen Keiunkan.
Foto: OneTwoTrip

Mehmonxona 705-yili Fujivara Maxito tomonidan qurilgan, shundan beri uning oilasi bu maskanga egalik qilib kelmoqda. Mehmonxonaning hozirgi xo‘jayinlari Maxitolarning 52-avlodi hisoblanadi, bu yerda bir kecha tunash esa 460 dollar turadi.

Hoshi Ryokan.

Hoshi Ryokan.
Foto: OneTwoTrip
Eng eski otellar ro‘yxatidagi ikkinchi o‘rinni ham yapon mehmonxonasi — Hoshi Ryokan band etgan bo‘lib, unga 718-yili Xonsyu orolidagi Komatsu shahrida asos solingan. O‘shandan beri mehmonxonani Xoshi oilasi boshqarib keladi.

Steffner-Wallner.

Steffner-Wallner.
Foto: OneTwoTrip
Uchinchi o‘rin Avstriyaning Mauterndorf shahrida 1027-yilda ishga tushirilgan va Yevropadagi eng qadimiy sanaladigan Steffner-Wallner oteliga tegishli. Shuningdek, ro‘yxatdan Belmond Hotel Caruso (Italiya, 1050-yil), Otterburn Castle Country House (Buyuk Britaniya, 1086-yil, Doktorschlössl (Avstriya, 1116-yil), Zum roten Bären (Germaniya, 1120-yil) mehmonxonalari o‘rin olgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Soliqlar, jarimalar, kommunal va boshqa to‘lovlarni qanday qilib uydan chiqmasdan to‘lash mumkin?
Mahalliy
BAA O‘zbekiston zargarlik sanoatiga investitsiya kiritishi kutilyapti
Dunyo
Zelenskiyning rafiqasi ukrainaliklar chiroqsiz va issiqliksiz yashashga roziligini ma’lum qildi