Facebook kompaniyasi asoschisi va bosh direktori Mark Sukerberg Berlinda o‘tgan onlayn-suhbat chog‘ida qizi Maksning ilk qadamlarini virtual reallik formatida suratga tushirishni rejalashtirayotganini aytib o‘tdi. Bu haqda The Next Web xabar bermoqda.
Uning eslashicha, o‘zi tetapoya qilganida ota-onasi bu voqeani kitobda qayd qilgan, opalari esa bolalarining ilk qadamlarini fotosuratlar va videolavhalarga muhrlagan. O‘zi esa bundan ham ilg‘orroq texnologiyalardan foydalanmoqchi.
“Qizim ilk qadamlarini tashlagan paytda menda 360 darajali kamera bo‘lishiga umid qilaman. Shu tariqa, qarindoshlarim yonimizda bo‘lmasa ham bu voqeani real vaqt rejimida ko‘ra oladi. Ular virtual reallik shlemini kiyib, o‘zlarini biz bilan birga bo‘lganday his qiladi”, – deb ta’kidladi milliarder.
Izoh (0)